Biz haqimizda

Vaqtni qaytarib beruvchi AI platforma

Si-Baho — O'zbekistondagi birinchi sun'iy intellekt asosidagi aniq fanlar test va yozma ishlarini avtomatik tekshirish platformasi. Biz o'qituvchining haftalik 12 soatini qaytarib beramiz.

Raqamlarda
0 oy
MVP ishlab chiqish
0 kun
Launch'dan keyin pilot
0
To'lovchi pilot maktab
0%
Pilot retention
0 sek
O'rtacha tahlil vaqti
0%
Tahlil aniqligi
Bizning missiya

Har bir o'qituvchiga vaqt sovg'a qilish

O'zbekistondagi 500,000 dan ortiq fan o'qituvchisi har hafta yuzlab test va yozma ishlarni qo'lda tekshiradi — bu o'rtacha 12 soatni o'g'irlaydi. Si-Baho sun'iy intellekt yordamida bu jarayonni 30 soniyaga aylantiradi va o'qituvchining vaqtini, ishonchini va o'quvchiga e'tiborini qaytaradi.

Bizning yo'l

8 oy ishlab chiqdik, 18 kunda 3 ta to'lovchi pilot

Mahsulot 8-9 oy davomida ishlab chiqilib, real maktablarda sinovdan o'tkazildi. Rasmiy ishga tushirilgandan keyingi 18 kun ichida 3 ta xususiy maktab pay-per-use tarifda har biri o'rtacha 1 mln so'm sarfladi. Bu — real to'lov, real talab va 100% retention.

Ixtisoslashuv

Aniq fanlarga e'tibor

Si-Baho aynan kimyo, fizika, matematika, biologiya va informatika fanlariga moslashtirilgan. AI reaksiya tenglamalari, formulalar va hisob-kitoblarni mahalliy tilda tushunadi.

KimyoFizikaMatematikaBiologiyaInformatika
Texnologiya

Zamonaviy stack

Gemini AI etalon javob bilan har bir savolni solishtiradi, real-time WebSocket orqali natijalar darhol ko'rsatiladi, Telegram bot orqali sinf yaratish va o'quvchi qo'shish — saytsiz ham mumkin.

Gemini AI
Telegram Bot
Real-time WebSocket
Multi-tenant
30s tahlil
Direktor → o'quvchi
Jamoa

Tajriba + texnologiya + sotuv

Mahsulotni qura oluvchi senior dasturchilar, sotuv tizimini qurgan operatsion mutaxassis va marketolog.

DA

Dilyor Abdulxamidov

CEO · Co-Founder

Sotuv bo'limini qurish va tizimlashtirish bo'yicha 6 yil tajriba. Strategiya va operatsion boshqaruv.

NH

Nabiyev Hayotbek

CTO · Co-Founder

Senior Full-Stack. Next.js, Bun, AI integratsiyalar. 8 oylik MVP development jarayonini boshqargan.

ZG

Zokirjon G'ofurboyev

Senior Backend

Hono, PostgreSQL, masshtablash. Real-time WebSocket arxitekturasi va multi-tenant DB dizayni.

IM

Iroda Mannopxo'jayeva

Marketolog

Go-to-market strategiya, Telegram-first marketing, ta'lim sektori bilan tanishgan tarmoq.

Si-Baho'ni sinab ko'ring

Karta kerak emas. 30 soniyada boshlang.